STRONGHOLD 400M" professional invertori kichik ishlab chiqarish sharoitida donali elektrodlar (MMA) bilan ishlash uchun mo'ljallangan. 400A maksimal tokka atigi 22 kg vazn bilan erishiladi. Professional payvandchi ushbu apparatni munosib baholaydi. Invertor sozlamalarining keng imkoniyatlari deyarli har qanday sharoitda payvandlashning yuqori sifatini ta'minlaydi. Yoy o't oldirishni boshqarish har xil qalinlikdagi metallarni payvandlashning boshlanishida optimal kirib borishni (provar) ta'minlaydi, yoyni kuchaytirish (force) sozlamasi esa elektrod sochilishini kamaytiradi hamda yoyning optimal barqarorligini va payvandlash vannasining chuqurligini ta'minlaydi. Innovatsion IGBT invertor texnologiyasining kuchaytirilgan bloki ushbu texnikaning uzoq yillar davomida ishonchli ishlashini ta'minlaydi.
"M" indeksli modifikatsiyalangan liniya apparatning 100% yuklanishi talab etilmaydigan aksariyat professional va sanoat iste'molchilarining talablariga moslab maxsus ishlab chiqilgan bo me'yoriy va to'liq modellaridan 40% ish rejimi (PV) bilan ajralib turadi.
Xususiyatlari:
- A'lo darajadagi zamonaviy dizayn.
- Sozlanuvchan ForceArc (yoyni kuchaytirish) — metall tomchisi elektrotdan ajralib chiqish paytida payvandlash tokini oshiradigan apparat funksiyasi. Elektrodning yopishib qolish ehtimolini kamaytiradi va yoyning yonish barqarorligini oshiradi.
- Sozlanuvchan Hot Start (issiq start) — har xil qalinlikdagi materiallar bilan har qanday turdagi payvandlash ishlarida ideal start uchun yoy o't oldirish paytidagi cho'qqi (pik) tokini sozlash.
- VRD funksiyasi qiyin sharoitlarda (yopiq joylar, yuqori namlik) payvandchining xavfsizligini ta'minlaydi — tarmoq tutashganida kuchlanishni bir zumda 24V gacha pasaytiradi.
- Borish qiyin bo'lgan joylarda ishlash uchun payvandlash tokini masofaviy boshqarish REM pultini ulash imkoniyati (opsiya).
- Yupqa materiallar bilan ishlash uchun 40A dan har qanday qalinlikdagi elektrod bilan to'liq ishlash uchun 400A gacha bo'lgan payvandlash tokini sozlashning keng diapazoni.
- Professional tez yechiladigan 70 MMQ payvandlash ulanishlari va qalin 50 MMQ kuch kabellari — maksimal toklarda uzoq muddatli yuklamalarda ham kuymaydi.
- Zamonaviy "dust-free" ("changisiz") sovutish tizimi: ventilyator faqat zarur bo'lganda yoqiladi, havo oqimlari elektron boshqaruv komponentlaridan ajratilgan holda faqat issiqlik yuklangan quvvat elementlarini sovutadi. Apparat changni "yutmaydi", xizmat muddati uzayadi.
- Yangi avlod IGBT komponentlari bazasidagi boshqaruv blokining zamonaviy ko'p platali konstruksiyasi.
- Standart yetkazib berish to'plamida payvandlash aksessuarlari jamlanmasi.
Qo'llanilishi:
- Ishlab chiqarish;
- Qurilish;
- Metall konstruksiyalarni montaj qilish;
- Quvurlarni yotqizish va qurish;
- Kemasozlik.
Jamlanma (Komplektatsiya):
- 35 mm² kabel, 3 metr — 2 dona.
- 500A massa qisqichi — 1 dona.
- 500A elektrod ushlagich — 1 dona.