INEX qo‘l va oyoq uchun og‘irliklar INEX qo‘l va oyoq uchun og‘irliklari (2 ta, har biri 1,5 kg) mashqlar davomida yuklama va qarshilikni oshirishga, shu orqali mashg‘ulotlaringiz samaradorligini yanada kuchaytirishga yordam beradi. Ular yopishqoq tasmalar (lipuchkalar) yordamida bilak yoki to‘piqlarga mahkam o‘rnatiladi, yumshoq ichki qatlami esa tanaga qulay joylashishini ta’minlaydi. Ushbu og‘irliklar fitnes, yugurish, kuch mashqlari va yakkakurash turlari kabi turli xil mashg‘ulotlar uchun juda mos keladi. Ular ham kardio, ham kuch mashqlarini sezilarli darajada samaraliroq qiladi. Shuningdek, INEX qo‘l va oyoq og‘irliklari do‘stlar, oila a’zolari yoki hamkasblar uchun ajoyib sovg‘a bo‘la oladi. TEXNIK XUSUSIYATLARI: To‘plamda 2 ta og‘irlik mavjud, har birining vazni — 1,5 kg. Materiali: mustahkam poliester. Ichki to‘ldiruvchisi: metall qum.

