Fresh Air Series HL — Kanalli ventilyator (Bir yo‘nalishli havo haydash / tortish tizimi)
Fresh Air Series HL — turar-joy, ofis, kafe va ishlab chiqarish xonalarida havoni kuchli va samarali aylantirib beruvchi bir yo‘nalishli kanalli ventilyatordir.
Muhim eslatma: Ushbu qurilma bir vaqtning o‘zida ham havoni chiqarib, ham yangisini kiritmaydi (rekuperator emas). U faqat bitta yo‘nalishda ishlaydi: montaj qilinishiga qarab, xonadagi dim/nam havoni tashqariga tortib chiqarish (vikid) yoki tashqaridan havoni xonaga haydab berish (pritok) uchun xizmat qiladi. To‘liq aylanma tizim (ham kirish, ham chiqish) qilish uchun alohida 2 ta agregat qo‘llaniladi.
Asosiy afzalliklari:
- Kuchli tortish / haydash qobiliyati: Dimlik, ortiqcha namlik, bug‘ va noxush hidlarni xonadan tezda haydab chiqaradi.
- Galvanizatsiyalangan metall korpus: Zanglashga, bosimga va harorat o‘zgarishiga chidamli, uzoq yillar xizmat qiladi.
- O‘ta past shovqin darajasi: Maxsus muvozanatlangan mexanizm va sifatli podshipniklar orqali tinch va tebranishsiz ishlaydi.
- Kam elektr energiyasi sarfi: Yuqori havo aylanish bosimiga qaramay elektrni minimal darajada sarflaydi.
- Klapanli sistema: Ventilyator o‘chirilganda tashqaridan chang, sovuq havo yoki begona hidlar qaytib kirmasligini taʼminlaydi.
Modellar va texnik ko‘rsatkichlar:
- HL-100B: Havo aylanishi: 210 m³/soat | Quvvati: 45 W | Shovqin: 21–23 dB | Kuchlanish: 220V/50Hz
- HL-150B: Havo aylanishi: 370–550 m³/soat | Quvvati: 115–120 W | Shovqin: 26–30 dB | Kuchlanish: 220V/50Hz
- HL-200B: Havo aylanishi: 770–920 m³/soat | Quvvati: 265–275 W | Shovqin: 29–36 dB | Kuchlanish: 220V/50Hz
Qayerlarda ishlatiladi:
- Oshxona, vanna, sanuzellar
- Yerto‘la, garaj va omborxonalar
- Ofislar, go‘zallik salonlari, trenajyor zallari va kafelar.
Komplektatsiya:
- Ventilyator bloki
- Mahkamlash moslamalari
- Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma