Siluet Andoza — iyun kolleksiyasi andozalari to'plami
To'plamda 6 ta modelning tayyor, modellashtirilgan andozalari bor. Andoza qurishga vaqt sarflamay, darhol bichish va tikishga kirishasiz.
To'plam tarkibi:
— Muslima ko'ylak, turkcha 36–50 (o'zbekcha 42–56)
— Alvon ko'ylak, kattalar uchun, turkcha 36–50 (o'zbekcha 42–56)
— Alvon ko'ylak, bolalar uchun, turkcha 2–9
— Xitoy taqilmali kofta, turkcha 36–50 (o'zbekcha 42–56)
— Palazzo shim, turkcha 36–50 (o'zbekcha 42–56)
— Zapaxli kofta, turkcha 36–50 (o'zbekcha 42–56)
Barcha andozalar turk standart o'lchamida berilgan. O'zbek o'lchamini bilish uchun turk o'lchamiga 6 qo'shing: masalan, turkcha 36 o'zbekcha 42 ga, turkcha 50 esa o'zbekcha 56 ga teng. Har bir o'lcham andoza qog'ozida alohida rang bilan belgilangan, shuning uchun kerakli o'lchamni oson topasiz.
Har bir modelga qo'shimcha:
— model rasmi
— texnik eskiz
— matoga joylashuv sxemasi
— bosqichma-bosqich tikish texnologiyasi
— andozadagi o'lcham ranglari ko'rsatilgan qo'llanma varaqasi
Kimlar uchun:
— andoza qurishni bilmaydigan yoki vaqtini tejamoqchi bo'lgan tikuvchilar uchun
— tikishni endi o'rganayotganlar uchun
— ateliye va kichik tikuv sexlari uchun, buyurtmalarni tezroq bajarish maqsadida
Qanday foydalaniladi:
Andoza qog'ozini kesmang. Ustiga kalka yoki salafan qo'yib, kerakli o'lchamni ko'chirib oling. Shunda bitta to'plamdan barcha o'lchamlarda qayta-qayta foydalanishingiz mumkin. Matoni bichishda 1–1,5 sm chok haqi qo'shing.

