G'ildirak bosimi yo'lda tushib qolsa, eng yaqin vulkanizatsiya uzoqda bo'lishi mumkin. Bu ixcham kompressor bagajda turadi va kerak bo'lganda g'ildirakka havo qo'shadi. Yengil avtomobil, krossover, mototsikl, velosiped, to'p va puflanadigan buyumlar uchun.
Ikki xil quvvat:
- Simsiz: ichki litiy-ionli batareyadan ishlaydi, sim va rozetka kerak emas. Type-C orqali zaryadlanadi.
- Simli: 3 m kabel orqali avtomobil prikurivateliga (12 V) ulanadi. Batareya tugasa ham ishlashda davom etasiz.
Asosiy xususiyatlari:
- Raqamli displey: hozirgi bosim, rejim, bosim birligi va batareya darajasi ko'rinib turadi.
- Avtomatik to'xtash: kerakli bosimni plyus va minus tugmalari bilan o'rnatasiz, bosim yetganda nasos o'zi to'xtaydi. Ortiqcha dam berib yuborishdan saqlaydi.
- 4 rejim: avtomobil, mototsikl, velosiped, to'p. Rejim tugmasini bir marta bosish bilan almashadi.
- Bosim birligi: PSI yoki BAR, rejim tugmasini bosib turib almashtiriladi.
- LED chiroq: kechasi g'ildirakni yoritadi. SOS rejimida miltillab, yo'lda to'xtaganingizni boshqa haydovchilarga ko'rsatadi.
- Telefon zaryadlash: USB chiqishi orqali telefonni favqulodda zaryadlash mumkin.
- Ixcham: 12.4 x 8.9 x 5.2 sm, 580 g, sumkada bagajda saqlanadi.
- Ishlab chiqaruvchi ma'lumotiga ko'ra, to'liq zaryad 4 tagacha avtomobil g'ildiragiga havo qo'shishga yetadi. Batareya tugasa, prikurivatel kabeli bilan davom ettirasiz.
Qayerda asqotadi:
- Yo'lda: bosim tushgan g'ildirakka havo qo'shib, vulkanizatsiyagacha yetib olasiz.
- Uyda: har oy bosimni tekshirib, to'g'ri bosimni ushlab turasiz.
- Velosiped, samokat va mototsikl g'ildiraklari.
- Futbol va basketbol to'plari, suzish halqalari, puflanadigan o'yinchoqlar.
Muhim:
- Uzoq ishlatganda nasos qiziydi: 10–15 daqiqa ishlagandan keyin 10 daqiqa sovuting.
- Prikurivatelga ulaganda avtomobil dvigateli ishlab tursin, aks holda akkumulyator o'tirib qolishi mumkin.
- Yozda avtomobil ichida va to'g'ri quyosh ostida qoldirmang: ichida litiy-ionli batareya bor.
Texnik ma'lumotlar:
- Model: 7075
- Quvvat manbai: litiy-ionli batareya 7.4 V yoki avtomobil prikurivateli 12 V
- Quvvat: 120 W
- Rejimlar: avtomobil, mototsikl, velosiped, to'p
- Bosim birliklari: PSI, BAR
- Displey: raqamli
- Avtomatik to'xtash: bor
- Chiroq: LED, SOS rejimi
- USB chiqish: telefon zaryadlash uchun
- Zaryadlash: Type-C
- Kabellar: prikurivatel 3 m, Type-C 0.8 m
- Havo shlangi: 19 sm
- O'lchami: 12.4 x 8.9 x 5.2 sm
- Og'irligi: 580 g
- Material: ABS plastik
- Rangi: qora
Komplekt: kompressor, havo shlangi, nasadkalar to'plami (to'p ignasi, konus nasadkalar, adapter), prikurivatel kabeli 3 m, Type-C kabel, saqlash sumkasi.



