P.I.T. PDJ20H-300A yagona OnePower 20V akkumulyator tizimidagi asboblar oilasiga kiradi. Sekator OnePower 20V tizimining barcha akkumulyatorlari bilan mos keladi.
Daraxt va butalarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, dala hovli, bog‘ yoki tomorqada qulay yordamchi hisoblanadi. Uch xil ochilish holatiga ega o‘tkir po‘lat pichoqlar asbobni turli qalinlikdagi shoxlarga moslashtirish va kesishni kamroq kuch sarflagan holda bajarish imkonini beradi.
Tasodifiy ishga tushishdan himoyalangan o‘chirgich foydalanish vaqtida qo‘shimcha xavfsizlikni ta’minlaydi.
Sekator bog‘ va ochiq maydonlarda, elektr manbai mavjud bo‘lmagan joylarda barglar, butalar va shoxlarni kesish uchun mos. Foydalanish qulayligi, ergonomik konstruksiya, zamonaviy dizayn va himoya ekrani ishni yanada qulay qiladi. Himoya ekrani qo‘llarni uchib ketadigan o‘tkir shoxlardan himoya qiladi.
• Cho‘tkasiz dvigatel
• Pichoqlarning uch xil ochilish holati
• Tasodifiy ishga tushishdan himoya
• Ergonomik rezina qoplamali dastak
• Qo‘llarni himoya qiluvchi ekran
Shoxlarni kesish, daraxt va butalarni parvarish qilish uchun.
Fotosurat ma’lumot berish maqsadida keltirilgan. Mahsulot va qadoqning tashqi ko‘rinishi farq qilishi mumkin.
• Akkumulyatorli sekator — 1 dona
• Moy idishi — 1 dona
• Olti qirrali kalit — 1 dona
• Torsevoy kalit — 1 dona
• Abraziv brusok — 1 dona
• Himoya g‘ilofi — 1 dona
• Zaxira pichoq — 1 dona
• Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma — 1 dona
• Quti — 1 dona

