Barinoff professional bar seriyasidan «Oq shokolad» siropi — sevimli ichimliklaringiz va pishiriqlaringiz uchun ajoyib qo‘shimcha. Mazkur sirop haqiqiy oq shokoladga xos bo‘lgan nozik qaymoqli-vanilli ta’m va yoqimli hidni o‘zida mujassam etadi. U issiq hamda yaxna ichimliklar bilan juda yaxshi uyg‘unlashadi.
Optimal qalinligi va zichligi tufayli sirop sutda aynimaydi, oson aralashadi va ichimlikka mayin shirinlik bag‘ishlaydi. Bu mahsulot professional barista, barmenlar hamda uy sharoitida shirinlik tayyorlashni xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddao:
Qahva va choy uchun: odatiy kapuchino, latte, raf yoki kakaoni haqiqiy qahvaxona darajasidagi shirin ichimlikka aylantiradi.
Kokteyl va limonadlar uchun: sutsherbat (milksheyk), smuzi, alkogolsiz va alkogolli ichimliklarni tayyorlashda ideal ingredient.
Desert va pishiriqlar uchun: tort va biskvitlarni namlash, kremlarga qo‘shish, muzqaymoq, quymoq (blinchik) va vafli ustiga quyish uchun juda mos keladi.
1 litrli shisha idish siropning ta’mi va sifatini uzoq vaqt yangi saqlashga yordam beradi. Yuqori sifatli xomashyolardan tayyorlangan bu sirop yordamida o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun mazali shirinliklar tayyorlashingiz mumkin.

