Dekorativlikni kuchaytirish va o‘sishni rag‘batlantirish uchun mikroelementli konsentrlangan mineral o‘g‘it.
Qo‘llanilishi:
Qo‘llashdan oldin chayqatiladi.
Ildiz bilan oziqlantirish: 2 l suvga 10 ml. Sarf me’yori oddiy sug‘orishdagidek.
Ildizdan tashqari oziqlantirish: 2 l.suvga 5 ml. Barglar yuzasini to‘liq namlanguncha purkang va eritmaning gullarga tushishidan saqlaning.
Qo‘llash muddati:
mart-oktyabr - haftasiga 1 marta.
noyabr-fevral oylarida oyiga 1 marta.
Kuz-qish mavsumida gullash fazasida bo‘lgan o‘simliklarni haftasiga 1 marta oziqlantiring.
O‘g‘it atirgul va xrizantemaning barcha navlari uchun mos keladi.

