Ushbu ortopedik bel kamari bel va umurtqaga ishonchli tayanch beradi, og‘riqni kamaytiradi va kundalik faoliyatda qulaylik yaratadi. Korset maxsus elastik va nafas oluvchi materiallardan tayyorlangan bo‘lib, uzoq vaqt davomida kiyilganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi. Sozlanadigan lipuchkalar yordamida kamarni tanangizga moslab mahkamlash mumkin.
Mahsulot sport, ish jarayoni va og‘ir yuk ko‘tarishda belni himoya qilish uchun juda mos. Shuningdek, qomatni to‘g‘ri ushlashga yordam beradi va orqa mushaklariga tushadigan yuklamani kamaytiradi.

