Zamonaviy dizaynga ega yotoqxona mebellari to‘plami – bu uslub, qulaylik va amaliylikning uyg‘unligi. To‘plam tarkibiga karavot, tryumo, keng shkaf va yotoq yonidagi tumba kiradi. Ular sifatli materiallardan tayyorlangan bo‘lib, nafis chiziqlar va puxta ishlangan konstruksiya mebellarga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Uyg‘un ranglar esa istalgan interyerdagi muhitga mos tushadi.
Funktsionalligi va ergonomik tuzilishi tufayli bu to‘plam kiyim-kechak va buyumlarni qulay saqlash imkonini yaratadi hamda xonangizga shinamlik va uyg‘unlik bag‘ishlaydi. Uslub, sifat va mustahkamlikni qadrlaydiganlar uchun eng yaxshi tanlov.

