Yantar kislotasi — o‘simliklar uchun tabiiy o‘sish stimulyatori.
Bu vosita o‘simliklarning ildiz tizimini mustahkamlaydi, barglarning yashilligini oshiradi, gullash va meva hosil bo‘lish jarayonini tezlashtiradi. Tuproqdan oson so‘riladi va o‘simlikka zarar keltirmaydi.
Asosiy hususiyatlari va afzalliklari:
O‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantiradi
Gullash davrini uzaytiradi va hosildorlikni oshiradi
Stress, sovuq, qurg‘oqchilik va kasalliklarga bardoshliligini kuchaytiradi
Barglarning rangini yorqin va sog‘lom qiladi
Har xil xonaki va bog‘ o‘simliklari uchun mos
Ekologik toza va xavfsiz mahsulot
Qo‘llanilishi:
Yantar kislotasini sug‘orish suvi yoki purkash orqali qo‘llash mumkin. 1 litr suvga 1 gramm kukun aralashtiriladi. Haftasiga 1-2 marta ishlatilsa yetarli.

