Tomchilatib sug‘orish nabori (bog‘ va daraxtlar uchun)
Ushbu tomchilatib sug‘orish nabori bog‘lar, mevali daraxtlar, tokzorlar uchun mo‘ljallangan. Tizim suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlik ildiziga yetkazib beradi, bu esa suv sarfini sezilarli darajada kamaytiradi va o‘simliklarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi.
Tomchilatib sug‘orish usuli suvning behuda oqib ketishini, bug‘lanishini va tuproq yuvilib ketishini oldini oladi. Natijada tuproq doimiy nam holatda saqlanadi va ildiz tizimi to‘g‘ri rivojlanadi.
Afzalliklari:
- Suvni 50–70% gacha tejaydi
- Sug‘orish bir maromda va nazorat ostida amalga oshadi
- O‘simliklarning o‘sishi va hosildorligini oshiradi
- O‘rnatish oson, maxsus asboblar talab qilinmaydi
- Suv berish miqdorini sozlash mumkin
- Ochiq havoda uzoq muddat foydalanishga mos
Nabor tarkibi:
- 1) Gulxoy trubka (50 m): Sug‘orish tarmog‘ini hosil bo‘ylab yoyish uchun ishlatiladi, suv ta’minotini osonlashtiradi.
- 2) Adaptr shlang va bochka ulash moslamasi (1 dona): Suv manbaidan (bochkadan) sug‘orish tizimiga shlangni ulash uchun mo‘ljallangan.
- 3) Diametri 16 mm troynik (3 dona): Sug‘orish tarmog‘ida suv oqimini bir nechta yo‘nalishga bo‘lish uchun ishlatiladi.
- 4) Kapelnitsa (legurofkali) (20 dona): Uzum ildizlariga suvni asta-sekin va bir tekis taqsimlovchi tomchilatib sug‘orish elementi.
- 5) Zaglushka (3 dona): Sug‘orish tizimining oxirini yopish va suv oqimini to‘xtatish uchun ishlatiladi.
Qo‘llanilish sohasi:
- Bog‘ va tomorqalar
- Mevali va manzarali daraxtlar
- Tokzorlar
- Landshaftlar
Tomchilatib sug‘orish nabori — sug‘orish jarayonini avtomatlashtirish, suvni tejash va yuqori hosil olish uchun qulay va samarali yechimdir.