• Axelus 350 yugurish yo‘lagi — uy saroitida kuchli, funksional va samarali mashg‘ulotlar o‘tkazishni istaganlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy sport uskunasidir. Ushbu model nafaqat yurish va yugurish, balki butun tanani rivojlantirish uchun keng imkoniyat
Axelus 350 yugurish yo‘lagi — uy sharoitida kuchli, funksional va samarali mashg‘ulotlar o‘tkazishni istaganlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy sport uskunasidir. Ushbu model nafaqat yurish va yugurish, balki butun tanani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Yugurish yo‘lagi 1.75 ot kuchiga ega ishonchli motor bilan jihozlangan bo‘lib, 0.8 km/soatdan 14.8 km/soatgacha tezlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa sekin yurishdan tortib intensiv yugurishgacha bo‘lgan mashqlarni bajarish imkonini beradi. Maksimal foydalanuvchi vazni 110 kg bo‘lib, mustahkam konstruksiya xavfsiz va barqaror mashg‘ulotni ta’minlaydi.
420 × 1150 mm o‘lchamdagi yugurish yuzasi qulay harakatlanish uchun yetarli joy beradi va bo‘g‘imlarga tushadigan yukni kamaytirishga yordam beradi. Axelus 350 modelining muhim afzalliklaridan biri — 15% gacha bo‘lgan qiyalik funksiyasi bo‘lib, u oyoq mushaklarini yanada samarali ishlashiga va kaloriyalarni tezroq yoqishga yordam beradi.
12 ta avtomatik mashg‘ulot dasturi turli maqsadlar uchun moslashtirilgan bo‘lib, mashg‘ulotlarni zerikarli bo‘lishidan saqlaydi. Displeyda mashg‘ulot vaqti, bosib o‘tilgan masofa, yoqilgan kaloriya miqdori va yurak urish tezligi aniq ko‘rsatiladi.

