• Мaterial: Metall, plastik, sun'iy teri
• Displey funksiyalari: Vaqt, tezlik, masofa
• Sozlanishi: O'rindiq va rul balandligi
• Maksimal foydalanuvchi vazni: 120 kg gacha
• Rang: Qora-qizil
• Qo'shimchalar: Suv idishi (flyaga) va ushlagich
• Turi: Spin-bayk (velotrenajor)
Ushbu velotrenajor uyda faol turmush tarzini saqlab qolish va vazn yo'qotish uchun mo'ljallangan qurilmadir. Konstruksiya qora va qizil rangli elementlar bilan bezatilgan mustahkam metall karkasdan iborat.
Asosiy xususiyatlari:
- Nazorat displeyi: Rul qismida joylashgan LCD monitor mashg'ulot davomida tezlik, vaqt, masofa va kaloriyalar miqdorini ko'rsatib turadi.
- Shaxsiy sozlamalar: O'rindiqning balandligi va gorizontal holati, shuningdek, rul balandligi foydalanuvchining bo'yiga mos ravishda sozlanadi.
- Qulaylik: Trenajorda suv idishi uchun maxsus ushlagich va mashg'ulot vaqtida kerak bo'ladigan suv idishi (flyaga) mavjud.
- Xavfsizlik: Pedallarda oyoq sirpanib ketishining oldini oluvchi mahkamlagichlar (tasmi) va favqulodda to'xtatish tugmasi ko'zda tutilgan.
- Harakatlanish: Old qismidagi transport g'ildirakchalari yordamida trenajorni xona bo'ylab ko'chirish oson.