Ushbu ilgak (vishilka) issiqxona sharoitida pomidor, bodring, qalampir, baqlajon kabi o‘simliklarni ipga bog‘lashda ishlatiladi. O‘simliklarni to‘g‘ri shakllantirish, tik usishda saqlash va ildizlarga yuk tushishini kamaytirishda yordam beradi. Ilgak yuqori sifatli, UV nurlarga va namlikka chidamli plastikdan tayyorlangan bo‘lib, bir nechta mavsum davomida foydalanish mumkin. Har xil ip turlariga mos tushadi. Tez, oson o‘rnatiladi va mehnat samaradorligini oshiradi.
✅ Faqat issiqxona foydalanishi uchun mos!
✅ Hosildorlikni oshirishga yordam beradi
✅ O‘simliklarga zarar yetkazmaydi

