G‘ijjak — ifodali va iliq tembrga ega o‘zbek an’anaviy kamonli cholg‘usidir. Ushbu o‘quv modeli tabiiy yog‘ochlardan tayyorlangan: tanasi o‘yma tutdan, dastasi esa o‘rik va yong‘oqdan yasalgan. Ko‘y terisidan tortilgan parda rezonansni ta’minlaydi. 4 ta po‘lat sim va 4 ta yog‘och buloq yordamida sozlanadi. Asbob to‘plamiga kamon (chalinadigan tayoqcha) ham kiradi. Musiqa maktablari, ansambllar va boshlang‘ich sahna chiqishlari uchun mos tanlov.
Boshlovchi ijrochilar, musiqa maktabi o‘quvchilari va ansambl a’zolari uchun tavsiya etiladi.

