Анонимный отзыв19 ноября 2025 г.
Цвет: Белый
ДостоинстваAllergiya va astma bilan kurashganlar tushunadi…
Uyimizda havo quruq bo‘lgani uchun bolalarimda astma xurujlari tez-tez takrorlanardi. Allergiya ham kuchayib, kechalari tinch uxlay olmasdik — yo‘tal, tomoq qichishishi, burni bitib qolishi… Farzandim qiynalayotganini ko‘rib, qo‘limdan hech narsa kelmayotgandek tuyulardi.
НедостаткиYoq
КомментарийShunda ko‘pchilik maslahat bergani uchun shu havo namlagichni oldik. Ochig‘i, bunchalik tez yordam beradi deb o‘ylamagandim.
Bir necha kundan keyin sezdik:
▫️ uy ichidagi havo yumshoq va toza bo‘ldi
▫️ allergiya belgilari kamaydi
▫️ kechasi yo‘tal va nafas qisishi deyarli yo‘qoldi
▫️ astma dori-inhalyatoridan kamroq foydalanadigan bo‘ldik
Eng yoqqani — jim ishlaydi, tun bo‘yi bezovta qilmaydi, suv sekin sarflanadi. Xonaga juda chiroyli mos tushadi.
Ota-ona sifatida shu tinch uxlayotganini ko‘rishning o‘zi eng katta baxt.
Narxiga arziydi. Kimda bolalarda allergiya yoki astma bo‘lsa — ikkilanmang, chin dildan tavsiya qilaman 💙
Ответ продавца
Hurmatli mijoz!
Batafsil fikr-mulohazangiz uchun katta rahmat! Mahsulotimiz sizga yordam berganidan juda xursandmiz. Sog’ligingiz mustahkam bo’lsin!
Hurmat bilan,DIYOR PRIME MCHJ jamoasi 💙