“Dietologiya” o‘quv qo‘llanmasi o‘rta tibbiy professional ta’lim muassasalari talabalari va tinglovchilari uchun ishlab chiqilgan. Kitobda dietologiyaning asosiy tushunchalari, ratsional ovqatlanish tamoyillari, parhez ovqatlanish turlari va ularning tasnifi yoritilgan. Ovqatlanish tarkibi, ovqatlanish rejimi va umumiy talablar haqida tizimli ma’lumotlar keltirilgan. Materiallar o‘quv dasturlariga mos holda tuzilgan bo‘lib, dars jarayonida asosiy yoki qo‘shimcha o‘quv manbasi sifatida foydalanish mumkin.

