Alisher2 сентября 2025 г.
Цвет: Белый
ДостоинстваSuv sifatini yaxshi tekshirar ekan. Ishlatish oson.
НедостаткиKamchilik koʻrmadim
КомментарийUyga Cebilon suv filtr oʻrnatganman. Rostdan ham suvni yaxshi filtrlayotganligini tekshirgim keldi. Tekshirganda tushunarsiz raqamlar koʻrindi. ChatGPT ga koʻrsatuvdim hammasini tushuntirib berdi. Suv filtr rostdan yaxshi ishlayotgan ekan.
Faqat bitta qoʻshimcha tavsiya: kuryerning kelish vaqtini 12 soat ichida emas ma’lum bir soat ichida keladigan va u soatni mijoz tanlaydigan qilish kerak. Kuryerni ertalab 10 dan 13:00 gacha kutdim. Soat 14:00 dan 16:00 gacha stomatolog qabuliga yozilgan edim. Kuryer ham aynan stomatologda davolanayotganimda kelib rosa telefon qilibdi keyin qaytib ketibdi. Keyin telefon qilib kechqurun kelishini iltimos qildim. Kuryer bechora ikki marta ovvora boʻldi. Mijoz oʻziga qulay va uyda boʻladigan paytni tanlasa har ikki tarafga ham qulay boʻladi. Shunga oʻxshash noqulay holatlarning oldini olish maqsadida yuqoridagi taklifimni inobatga olasizlar degan umiddaman.