Цвет: Красный
ДостоинстваQo‘shimcha cho‘ntaklari ham qulay qilingan: yon cho‘ntaklariga termos yoki idish bemalol sig‘adi, oldingi cho‘ntagiga esa salfetka, oshxona anjomlari va turli mayda-chuydalarni solib qo‘yaman. Zamoklari yaxshi ishlaydi, tutqichlari mustahkam, sumka to‘la bo‘lganda ham ko‘tarib yurish qulay.
Issiqni yaxshi ushlab turadi, oziq-ovqat va ichimliklar uzoqroq vaqt salqin saqlanadi, ayniqsa, sovuqlik akkumulyatorlarini qo‘shsangiz. Pikniklar, sayohatlar, baliq ovi yoki tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish uchun umuman ajoyib tanlov.
НедостаткиYoq
КомментарийUshbu termosumkani tabiat qo‘yniga va kichik sayohatlarga bir necha marta o‘zim bilan olib bordim - juda qulay narsa ekan 👍
Butun kunga yetadigan oziq-ovqat, idishlar, ichimliklar va yengil tamaddilar bemalol sig‘adi. Ichida bir nechta sig‘imli bo‘lmalari borligi yoqdi, shu tufayli mahsulotlarni alohida-alohida joylashtirish mumkin va hech narsa ezilib qolmaydi.
Amalda sinab ko‘rishga ham ulgurdim - xaridimdan mamnunman !
Ответ продавца
Assalomu alaykum, Sardor! ✨ Aynan shu termosumkani tanlaganingiz va yuqori baho berganingiz uchun tashakkur! 😇 Mazza qilib ishlating va albatta yana qayting, modum tops do‘konida funksionallik va estetikani o‘zida mujassam etgan uy uchun mo‘ljallangan aksessuarlar juda ko‘p! Hurmat bilan, modum jamoasi! 🧡