Omonullo18 октября 2025 г.
Размер одежды: L •
Цвет: Зеленый
ДостоинстваHaqiqatan ham juda yaxshi termobelyo ekan, bir necha kun sinab ko‘rdim tanani issiq ushlab turadi, ayniqsa sovuq havoda ko‘chada yoki ishda uzoq vaqt bo‘lganda farqini darhol sezish mumkin. Materiali yoqimli, terini bezovta qilmaydi, hidi yo‘q, ter chiqsa ham tez quriydi. Eng yoqqan jihati qalin emas, lekin issiqlikni juda yaxshi saqlaydi, ustiga kiyim kiyganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi. Tana haroratini muvozanatda ushlab turadi, shuning uchun sovuqda ham, iliq joyga kirganda ham o‘zingni qulay his qilasan.
НедостаткиYo'q
КомментарийO‘lchami ham to‘g‘ri keldi, cho‘ziluvchanligi yaxshi, tanaga mos tushadi, tikuvlari sezilmaydi. Sifatidan ko‘rinadiki, uzoq xizmat qiladi. Narxiga nisbatan juda yaxshi variant deb o‘ylayman, ayniqsa qishda ko‘p yuradiganlar uchun ideal tanlov.