Abduvoxobov19 ноября 2025 г.
Размер одежды: M •
Цвет: Темно-синий
ДостоинстваKõzila yaxshi kõrmidimi? man M zakaz qiludim adashib L yoki S yuborselayak hafa bõmasdim. XXL yuborganilaga nechchi baho qõyish kere. Hurmatli sotuvchila????
НедостаткиUpakovkasiyam 1 axvol. Shildr-shildr salafanda kegan.
КомментарийBunaqa brend uchun bunaqa layoqatsizlik umuman tõri kemiydi db õyliman. Sila jiddiy qarisla db õylirdim. Servisila zõr db õylirdim. Sovĝaga ovotudim. Silaga ishonib. Brendilaga ishonib boshqa joyga qaramagandim. Sovĝa qilib beromadim bu XXL ni, qaytardim orqasiga....
Ответ продавца
Assalomu alaykum!
Yuzaga kelgan ushbu holat va yetkazilgan noqulaylik uchun chin dildan uzr so'raymiz. Sovg'a uchun bizning brendimizga ishonch bildirganingiz va bu ishonchni oqlay olmaganimizdan juda afsusdamiz.
Buyurtmalarni ombordan yig'ish va qadoqlash jarayonida afsuski inson omili sababli jiddiy xatolikka yo'l qo'yilgan va o'lchamlar alashib ketgan. Bu bizning xizmat ko'rsatish standartlarimizga umuman mos kelmaydi.
Ushbu holat bo'yicha ombor va logistika bo'limi xodimlari bilan darhol surishtiruv o'tkaziladi hamda tegishli choralar ko'riladi. Mahsulotni qaytarib to'g'ri qilgansiz, to'lovingiz to'liq qaytariladi.
Vaqtingiz yo'qolgani va kayfiyatingiz buzilgani uchun yana bir bor samimiy uzrimizni qabul qiling. Sifat va xizmat nazoratini qayta ko'rib chiqamiz.