ДостоинстваAssalomu alaykum. Buyurtmamni olib, bir necha kun foydalanib ko‘rdim va taassurotlarim bilan bo‘lishmoqchiman. Mahsulotlarning barchasi juda yaxshi qadoqlangan holda yetib keldi, hech biri shikastlanmagan.
Hatomugi losoni terini juda yaxshi namlaydi, yuzga surtilgandan keyin yopishqoq his qoldirmaydi va terini yumshoq qiladi. Hatomugi SPF50+ quyoshdan himoya kremi ham juda yoqdi, terida og‘irlik bermaydi va oq qatlam qoldirmaydi.
H&S shampuni bosh terisini yaxshi tozalaydi, sochlarni yumshoq va silliq qiladi. Sarubia losoni esa teriga tez singadi va qulay foydalaniladi. Light Up UV geli ham juda yengil teksturaga ega bo‘lib, kundalik foydalanish uchun mos ekan.
Umuman olganda, barcha mahsulotlar sifatli, narxiga arziydi. Yetkazib berish ham tez bo‘ldi. Sotuvchiga halolligi va sifatli mahsulotlari uchun alohida rahmat. Kelajakda ham shu do‘kondan xarid qilishni rejalashtiryapman. Boshqalarga ham tavsiya qilaman!
Недостаткиumuman yuq
КомментарийSotuvchiga alohida rahmat. Mahsulotlar original ko‘rinadi, narxiga munosib va yetkazib berish ham tez bo‘ldi. Xaridimdan juda mamnunman. Ishlaringizga omad tilayman, albatta yana buyurtma beraman va boshqalarga ham tavsiya qilaman.
Ответ продавца
Assalomu aleykum rahmat kattakon tanlov uchun yaponiya mahsulotlari orginal birinchi qul yaponiyadan olib kelib uzumda sotaman 🫶🏻