Достоинстваbarcha berilgan ta'riflariga mos ekan, yengil va qulay, bir necha tikishli, tekis choklari, rasmgayam tushirdik ,zigzag,petlya,averloklari ayniqsa yoqdi.Tovushiyam past ekan.
НедостаткиSal ishlatganimizdan motorni hidi chiqib qoldi, demak dam berib ishlatish kerakdir.
КомментарийYaxshi kunlarimizda ishlatish nasib etsin. Ustani yoki tikuvchi dugonamni chaqirib õrganmiqchi edim, lekin havoladan kirib videouroklarini kõrib xojayinimlarni õzi darrov ğaltaklarni õrab tikishlarini tikib õrgatib tashladilar. Demak umrida birinchi marta bu narsani korayotgan kishiyam bemalol eplab qilolarkan.
Ответ продавца
Assalomu alaykum, Muborak!
Ajoyib sharhingiz va chiroyli suratlaringiz uchun kattakon rahmat! Mashina sizga manzur bo‘lganidan, ayniqsa video darsliklarimiz yordamida tez o‘zlashtirib olganingizdan juda xursandmiz. Yaxshi kunlaringizda xizmat qilsin!
Motorning hidiga keladigan bo'lsak, xavotirga o'rin yo'q, bu yangi texnika uchun tabiiy holat. Yangi tikuv mashinalarining motor qismidagi zavod moylari ishlash jarayonida biroz qizishi hisobiga shunday ta'sir berishi mumkin. O'zingiz aytganingizdek, uzoq ishlaganda mashinaga ozgina dam berib turish eng to'g'ri qaror — bu uning xizmat muddatini ham uzaytiradi.
Xaridingiz va ishonchingiz uchun rahmat!
Hurmat bilan, ELFORT ASIA jamoasi.