Цвет: Голубой
ДостоинстваG‘ayrioddiyroq narsa qidirayotib, shu modelga duch keldim. Oltiburchakli korpusi o‘zgacha ko‘rinadi. Basslari to‘liq va chuqur, musiqa tinglash juda zavqli. Yana bir katta plyusi suv sachrashidan qo‘rqmasligi. Bemalol o‘zim bilan dushga olib kiraman. Quvvati bir kunga bemalol yetadi. Qadog‘i juda dabdabali ko‘rinadi, kimgadir sovg‘a qilish uchun ayni muddao.
НедостаткиYoq
КомментарийKolonka kutilganidan ham a’lo chiqdi. Narxidan ancha qimmatroqdek eshitiladi. Qolaversa, tasmachasi ham qulay, hamma yerga o‘zim bilan olib yuraman. Tavsiya qilaman!
Ответ продавца
Assalomu alaykum, Umid!💥 Aynan shu kolonkani tanlaganingiz va yuqori baho berganingiz uchun tashakkur!🤗 U sizning umidlaringizni oqlagani va vazifalaringizga to‘liq mos kelganidan juda ham xursandmiz!🙏🏼 Albatta, yana kelib turing, modum tech do‘konida kompyuter aksessuarlarining juda katta tanlovi bor, ular ham sizga bundan kam yoqmaydi! Hurmat bilan, modum jamoasi!🩶