«Oʻzbekiston tarixi. 7-sinf» — o‘quvchilarga Oʻzbekiston tarixining muhim bosqichlarini o‘rgatishga mo‘ljallangan darslik. Kitobda o‘rta asrlarda Movarounnahr va Xorazm hududida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar, davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi, buyuk hukmdorlar hamda ilm-fan va madaniyat namoyandalarining faoliyati yoritilgan. Darslik tarixiy manbalar, xaritalar, rasmlar va topshiriqlar orqali o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.

