Ohirat kuniga tayergarlik Hadislar hikmat manbaidir. Sizning qo'lingizda bo'lgan bu kitobda turli xil hadislar jamlangan. Bu hadislar ikkitadan boshlanib, o‘n hadis bilan tugaydi. Masalan, ikkilik hadislar: “Ikki xislat borki, u kishiga tegishlidir...” degan so‘zlar bilan boshlanadi. Xuddi shunday o‘nta hadisda ham o‘n toifa kishilar, amallar yoki boshqa narsalar sanab o‘tilgan. Bunday hadislarni bir tomondan eslash oson bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchi e’tiborini tortadi va uni zeriktirmaydi. Bu kitob islom olamida eng ko‘p nashr etilgan kitoblardan biridir.

