Alisher11 сентября 2025 г.
ДостоинстваHaqiqatdan ham terida umuman dogʻ qoldirmas ekan. Teri rangini mutlaqo oʻzgartirmaydi.
НедостаткиKamchiliklari yoʻq
КомментарийLazerli shlifovkadan keyin SPF krem koʻp ishlatadigan boʻldim. Har xillarini sinab koʻrdim. Hech biri yoqmadi. Terimni rangini oqartirib qoʻydi yoki koʻzimga allergiya berdi. La Roche ni tavsiya qilgan edi kosmetologim lekin aptekalardan topa olmadim. Uzumga rahmat originalini topib berdi. Juda ham yoqdi bu mahsulot. Endi doim shu brendni ishlataman. Puliga arziydi. QR kodlarini tekshirdim rostdan ham original ekan.
Faqat bitta qoʻshimcha tavsiya: kuryerning kelish vaqtini 12 soat ichida emas ma’lum bir soat ichida keladigan va u soatni mijoz tanlaydigan qilish kerak. Kuryerni ertalab 10 dan 13:00 gacha kutdim. Soat 14:00 dan 16:00 gacha stomatolog qabuliga yozilgan edim. Kuryer ham aynan stomatologda davolanayotganimda kelib rosa telefon qilibdi keyin qaytib ketibdi. Keyin telefon qilib kechqurun kelishini iltimos qildim. Kuryer bechora ikki marta ovvora boʻldi. Mijoz oʻziga qulay va uyda boʻladigan paytni tanlasa har ikki tarafga ham qulay boʻladi. Shunga oʻxshash noqulay holatlarning oldini olish maqsadida yuqoridagi taklifimni inobatga olasizlar degan umiddaman.
Ответ продавца
Xayrli kun! Xaridingiz va yuqori bahoingiz uchun tashakkur! Sizga ajoyib kayfiyat tilaymiz va sizdan yangi xaridlar kutib qolamiz.