Saidjon30 октября 2025 г.
Цвет: Индиго
ДостоинстваYaxshi tuzilgan darslik majmuasi! Navigate Coursebook va Workbook juda zo'r kombinatsiya. Kitoblar til ko'nikmalarini (grammatika, lug'at, tinglash, gapirish) bir xil darajada rivojlantirishga qaratilgan. Materiallar zamonaviy va hayotiy mavzularni o'z ichiga olgan. Original Oxford nashri bo'lgani uchun sifatiga gap yo'q. Mustaqil o'rganuvchilar va o'qituvchilar uchun ham ayni muddao.
НедостаткиHech qanday kamchilik yo'q. Hammasi a'lo darajada. Kitobda mukammallikni saqlash va yangi yutuqlarga erishish uchun katta salohiyat bor.
КомментарийIngliz tilini boshlang'ich darajadan (A1) tizimli ravishda o'rganishni istaganlar uchun ajoyib tanlov. Xarid qilishni tavsiya qilaman. Sifatli material va natija olish kafolatlanadi. Uzum Market xizmati tez va qulay bo'ldi. Sotuvchiga ham alohida katta rahmat. Faqat sotuvchiga bir iltimosim: Advanced daraja kitobini ham Coursebook, Workbook sotuvga chiqarishingizni so'rab qolardim. Kerak bo'ladi, albatta sotib olaman.
Ответ продавца
Assalomu alaykum Saidjon.
Ajoyib so‘zlaringiz uchun minnatdormiz! 🎉
Sizning qoniqishingiz bizning ustuvor maqsadimizdir.
Savollar bo‘lsa, bizga murojaat qiling! 📧