Salohiddinov21 октября 2025 г.
Цвет: Алый
Достоинстваbunaqa stickerlar boshqa joyda yoqligi
Недостаткиrangsiz, yani to'qroq chiqarkan. detalizatsia tinniq emas
Комментарийtuyaletniy mumagandan boganmi bilmeman, siffat o'lik, narxiga ummuman arzimaydi, o'zim xam sharxlarga qarab sotib olgandim lekin baribir tufta chiqdi, maslahat bermayman!
Ответ продавца
Assalomu alaykum hurmatli Salohiddinov,
Fikringiz uchun tashakkur! Biz har bir mijozning fikrini qadrlaymiz va buyurtmangizdan norozi bo'lganingizdan chin dildan afsusdamiz.
Ushbu stickerlar "vinil" materialga mahsus uskunada chop etilgan, bu material yirtilmaydi - suv va quyoshga chidamli, siz rasmda ko‘rsatgan(2-rasm)tegidagi qog'oz qatlami ishlatilmaydi (ya'ni tashlab yuboriladi). Siz rasmda ko'rsatgan (3-rasm) orasi ochiqligi - bu mijozlar qulaygina ko'chirib olib o'zlari hohlagan joyga yopishtirish uchun.
Sizning sharhingiz asosida (xususan, ranglarning biroz to'qroq chiqishi va detallashtirishning tiniq emasligi haqidagi) muammolarni bartaraf etish uchun darhol choralar ko'ramiz. Biz mahsulotlarimiz sifatini doimiy ravishda yaxshilashga intilamiz va bu vaziyatda bizning Stiker shop mahsulotimiz kutilganidek bo'lmaganidan juda xijolatdamiz.
Narxlarning arzimaydigan deb hisoblanishi bizni tashvishga soladi. Biz har doim mahsulotlarimiz va narxlarimiz o'rtasida optimal muvozanatni saqlashga harakat qilamiz.
Sizga qulay bo'lishi uchun quyidagi variantlardan birini tanlashingizni so'raymiz:
To'liq pulingizni qaytarish: Agar siz mahsulotdan butunlay norozi bo'lsangiz, biz buyurtma uchun to'lagan to'liq summani qaytarib beramiz.
Mahsulotni almashtirish: Agar mahsulotning sifati yaxshilangan yangilangan versiyasini sinab ko'rishni istasangiz, uni bepul almashtirib berishimiz mumkin.
Iltimos, ushbu masalani hal qilishimiz uchun biz bilan bevosita bog'laning. Sizning ishonchingizni tiklash va xarid qilish tajribangizni yaxshilash biz uchun juda muhimdir.
Hurmat bilan,
Stickers Shop jamoasi.