Анонимный отзыв19 сентября
Размер одежды: L •
Цвет: Черный
ДостоинстваYo’q
НедостаткиRazmer nostandart
КомментарийMahsulot menga yoqmadi. Matosi tanaga yopishib turadi, issiq havoda kiyish noqulay. Havo yaxshi o‘tkazmaydi va tez terlatadi. Paxtali ichki kiyimga qaraganda ancha noqulay ekan.
Ответ продавца
Assalomu alaykum, mahsulot tagida uning xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan, xususan, uning o'lchami, standart o'lchamdan bir oz kichik kelishi (маломерка), materiali bambukligi uchun kuz bahor mavsumiga mosligi, tanaga yopishib turishi haqidagi ma'lumotlar.
Sizga ushbu mahsulot yoqmasa buyurtma berib, keyin esa bunday izoh qoldirishingiz, sizning ushbu mahsulot haqida birorta ham ma'lumotni o'qimay turib, buyurtma berganingizdan dalolat beradi.
Sizdan iltimos, keyingi buyurtmalaringizda o'z xohish, imkoniyat va didingizni hisobga olgan holda buyurtma bersangiz, chunki sizni birgina ushbu buyurtmangiz uchun bizning ta'minot, ombor, savdo, yetkazib berish bo'limlarimiz, qolaversa UZUM marketning bir necha xodimlari ovora bo'lib, buyurtmangiz sizga yetib borishini ta'minlaydilar, qaytarib yuborsangiz yana shuncha xodim ovora bo'ladi, sababi esa buyurtma beruvchi xaridor mahsulot xususiyatlari bilan umuman tanishmagan va qabul qilgach yoqmadi deb, yuqori sifatli, necha yillardan buyon ko'pchilikni mamnun qilgan, yuqori darajada sotiladigan mahsulotga be'mani izoh qoldirgani bo'lmoqda.
Iltimos, mahsulotni qaytarib yuboring, biz uni munosib egasiga taqdim etamiz.
Salomat bo'ling!