Размер сумки: Средний •
Цвет: Синий меланж
ДостоинстваUsti qattiq(baquvat), chiroy tomondan ham yaxshi. Pachti zo’r ishlangan.
НедостаткиIchida soladigan joylarini ko’proq va biroz kengroq qilish kerak!
КомментарийUmuman olganda, mahsulot juda yaxshi. Har doim yoningizda zaryadka, karta va boshqa kundalik kerakli narsalarni ixcham tarzda olib yurish uchun juda qulay. Dizayni ham ko‘pchilik kiyimlarga mos tushadi va olib yurishga qulay.
Lekin ayrim e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar bor. Mahsulotning bir-ikki joyida, xususan kontakt qismlarida va tasmasida ishlab chiqarish jarayonida qolib ketgan kley yoki boshqa material izlari mavjud edi. Bu esa mahsulotning tashqi ko‘rinishi va sifat haqidagi umumiy taassurotga biroz ta’sir qiladi. Shu masalaga sotuvchilar e’tibor qaratishlarini tavsiya qilgan bo‘lardim.
Eslatma: Men odatda biror mahsulot sotib olayotganda original va eng yaxshi variantni tanlashga harakat qilaman. Shu holatiga qaramay, mahsulot o‘z narxiga arziydi va recommend qilaman. Faqat qabul qilib olayotganda diqqat bilan tekshirib olishni tavsiya qilaman!
Rahmat!