Inson va jamiyat o'rtasidagi keskin ziddiyatlar, sinfiy tabaqalanish va ijtimoiy devorlar - kechagi kunning ham, bugungi zamonning ham muammosi. Jek Londonning "Martin Iden" romani ana shu ko'rinmas to'siqlar orasida o'z yo'lini qidirgan oddiy yigitning iztiroblari va ruhiy kurashini tasvirlaydi
Martin Ruf bilan uchrashgach, ilk bor o'ziga tanish bo'lmagan olamga yuzlanadi. Qizning tarbiyasi, dunyoqarashi va hayotga munosabati Martinni o'ziga rom etadi va unga o'zgacha bir yo'l ko'rsatadi. U o'zining kambag'al hayotidan balandroq marralarga erishish mumkinligiga ishonib, o'qishga, o'rganishga, o'z ustida ishlashga kirishadi. Ammo u intilgan dunyoga yaqinlashgan sari, bu olamning ko'rinishdagi go'zalligi ortida yashirinib yotgan sovuqlik, manfaatparastlik va ijtimoiy qatlamlar o'rtasidagi keskin farqni tobora chuqurroq his qila boshlaydi.
Asar mutolaasidan so'ng kitobxon har qanday jamiyat va tuzumda chin inson bo'lish, buni anglay olish eng yuksak va oliy qadriyat ekaníni his qiladi.

