Цвет: Черный
ДостоинстваNarxiga yarasha yaxshi tanlov. Sifati zo'r.
НедостаткиAzgina qimmat, lekin yaxshi skidka bilan oldim
КомментарийBaseus Powerbankni oldim, hozircha taassurotlarim juda yaxshi. Tashqi ko‘rinishi chiroyli, ixcham va sifatli ishlangan. Qo‘lga olganda ham ancha sifatli mahsulot ekanligi seziladi. Baseus logotipi ham chiroyli tushirilgan. 10000 mAh sig‘imi kundalik foydalanish uchun juda qulay, 27W quvvat bilan tez zaryadlash imkoniyati ham bor. Telefonni magnit orqali ulash mumkinligi ayniqsa yoqdi, foydalanish ancha osonlashadi. Qutisining ichida kerakli USB-C kabeli ham bor ekan. Qadoqlanishi yaxshi, barcha qismlari joyida va yangi holatda keldi. Umuman olganda, narxiga yarasha yaxshi tanlov deb o‘ylayman. Baseus brendini tanlaganimdan xursandman. Xarid qilmoqchi bo‘lganlarga tavsiya qilaman!
Ответ продавца
Hurmatli mijoz, 5 yulduz va yaxshi fikringiz uchun tashakkur! Sizga foydali va qulay xizmat ko’rsatish biz uchun muhim. Yana yangi xaridlaringizni kutib qolamiz!