Matonatli Jo va uning opa-singillarida yetarlicha pul va davlat boʻlmasa-da, ammo ichki dunyolari boy va go'zal edi. Ular mehnatsevar va halol boʻlganliklari uchun hayotdagi har xil qiyinchiliklarga dosh bera oladilar. Qizlarning otasiga boʻlgan muhabbati esa tahsinga sazovor. Inson samimiy bo'l- sagina, chinakam do'st topa oladi. Opa-singillar boshlaridan kechirgan kechinmalari orqali buni isbotlaydilar.
Ushbu tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan hikoya yosh kitobxonlar uchun qayta tarjima qilinib, qiziqarli rasmlar bilan boyitildi.

