Alisher2 сентября 2025 г.
ДостоинстваTanaga tez surtilar ekan. Bu esa vaqtni tejaydi. Teri rangini oʻzgartirmaydi.
НедостаткиBitta kichik kamchiligi terida yengil yogʻ qoplama hosil qilib yaltirab qolar ekan. Lekin menga bu noqulaylik tugʻdirmadi.
КомментарийQR kodlarini tekshirdim. Original ekan. Sifati ham a’lo. Oldin qoʻl oyoqlarimga krem surtish uchun koʻp vaqt ketar edi. Bu sprey bilan hammasi tez va oson kechdi. Juda ham mamnunman. Puliga arziydi.
Faqat bitta qoʻshimcha tavsiya: kuryerning kelish vaqtini 12 soat ichida emas ma’lum bir soat ichida keladigan va u soatni mijoz tanlaydigan qilish kerak. Kuryerni ertalab 10 dan 13:00 gacha kutdim. Soat 14:00 dan 16:00 gacha stomatolog qabuliga yozilgan edim. Kuryer ham aynan stomatologda davolanayotganimda kelib rosa telefon qilibdi keyin qaytib ketibdi. Keyin telefon qilib kechqurun kelishini iltimos qildim. Kuryer bechora ikki marta ovvora boʻldi. Mijoz oʻziga qulay va uyda boʻladigan paytni tanlasa har ikki tarafga ham qulay boʻladi. Shunga oʻxshash noqulay holatlarning oldini olish maqsadida yuqoridagi taklifimni inobatga olasizlar degan umiddaman.
Ответ продавца
Xayrli kun! Xaridingiz va yuqori bahoingiz uchun tashakkur! Sizga ajoyib kayfiyat tilaymiz va sizdan yangi xaridlar kutib qolamiz.