ДостоинстваYo'q. Ishlatib ko'rib keyin yozyapman. Tepadagi sharhlarni, mahsulotga berilgan ta'rifni o'qib, juda zo'r narsa ekan deb olgandim. Buni puliga aptekadan 4 ta BOROPLUS olganimda 2 yilga yetardi.
НедостаткиQo'llash bo'yicha ma'lumot yo'q ichida. Internetdan qidirib topasiz. Men endi tagi shishib chiqayotgan ugriga 4 kun to'xtovsiz, yuzimni yuvishim bilan yana yangi qilib surdim. Ugri kichrayish o'rniga battar kattalashib, qizarib ichi yiringlab pishib berdi. 😔😔😔
КомментарийIzohlarda 5-6-marta olyapman deganlarni o'qigan edim. Bilmadim ularga qanday ta'sir qilgan. Lekin olishilarni tavsiya qilmayman. Aptekada BOROPLUS, yoki sinaflan olib ishlatganlaring yaxshi o'rniga.
Ответ продавца
Assalomu alaykum. Batafsil fikringiz uchun rahmat.
Vasu Acnovin oddiy yuz kremi emas, husnbuzar chiqqan muammoli joyga oz miqdorda qo‘llanadigan maxsus krem. Bir tubikning atigi 4 marta qo‘llashda tugashi mahsulot me’yoridan ancha ko‘p ishlatilganini ko‘rsatishi mumkin.
Kremni qalin qilib yoki uzluksiz qoldirish emas, toza va quruq teridagi husnbuzar ustiga yupqa qatlamda qo‘llash kerak. Natija va terining reaksiyasi har bir insonda individual bo‘ladi.
Siz ta’kidlagan shishish, kuchli qizarish va yiringlash kuzatilgan bo‘lsa, mahsulotni qo‘llashni davom ettirmaslik va dermatolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Mahsulot sizga mos kelmagani uchun afsusdamiz, biroq individual teri reaksiyasi mahsulotning sifatsiz ekanini anglatmaydi.