Цвет: Золотой
ДостоинстваRostini aytsam, bunaqa kichkina telefonni shunchaki qiziqib buyurtma qilgandim, lekin qo‘limga olganimdan keyin rosa yoqib qoldi 😍 O‘lchami juda ixcham, cho‘ntakka kashelokka solib yurishga juda qulay. Katta telefon ko‘tarib yurishni xohlamaydigan paytlar uchun ayni muddao. Ko‘rinishi ham juda chiroyli, o‘zi kichkina bo‘lsa ham juda o‘ziga yarasha stilni telefon😂 Qo‘ng‘iroq qilish, yozishish, telegram yutub instagram xullas asosiy narsalar kerakli ishlar uchun bemalol ishlatsa bo‘ladi. Eng yoqqan tomoni — oddiy telefonlardan boshqacha, ko‘rgan odam darrov qiziqib “bu qanaqa telefon?” deb so‘raydi 😄
Mahsulotni qadoqlanishi ham yaxshi, telefon chiroyli holatda kelibdi. Ishlashi ham joyida, tugmalari ham sensori ham yaxshi bosiladi. Kichkina bo‘lgani bilan sifatsiz yoki o‘yinchoqqa o‘xshab qolmagan, aksincha juda noodatiy va zamonaviy ko‘rinadi.
Недостатки-----
КомментарийMenga eng yoqqani — kundalik katta telefonimni har doim ko‘tarib yurmay, kerak bo‘lsa Mini Air’ni olib chiqib ketish mumkin. Ayniqsa o‘lchami sabab juda qulay ekan. O‘zim kutganimdan ham ko‘proq yoqdi, yaxshi tanlov qilibman. Tavsiya qilaman! 🥰❤️
Ответ продавца
Assalomu alaykum!
Bizning do’konimizni tanlaganingiz, qimmatli va samimiy fikringiz hamda 5 ⭐ bahoyingiz uchun chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz!
Sizning mamnunligingiz va iliq fikrlaringiz biz uchun eng katta mukofotdir. Har bir buyurtmani mas’uliyat bilan tayyorlash, sifatini tekshirish va mijozlarimizga eng yaxshi xizmatni ko’rsatish bizning asosiy maqsadimiz. Mahsulotimiz sizning kutganingizdek chiqqanini bilish esa bizni yanada ilhomlantiradi.
Siz ajratgan vaqtingizni ayamay fikr qoldirganingiz uchun alohida rahmat. Sizning izohingiz nafaqat bizni qo’llab-quvvatlaydi, balki boshqa xaridorlarga ham to’g’ri tanlov qilishda yordam beradi.
Ishonchingiz va qo’llab-quvvatlaganingiz uchun yana bir bor rahmat! Mahsulotimiz sizga uzoq yillar davomida bemalol xizmat qilsin. Kelgusida ham sizni do’konimizda mamnuniyat bilan kutib qolamiz. Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, baxt va fayzli kunlar tilaymiz! 😊🤝