• Кеча ва кундуз
„Kecha va Kunduz“ romanida xalq va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan barcha ziddiyatlar, adibning bor orzulari ifodalangan. Unda mehnatkash xalqning, xususan, xotin-qizlarning og‘ir kulfatu, mashaqqatlarga to‘liq hayoti jonli voqealar, yorqin obrazlar vositasida taʼsirli va ishonarli tasvirlangan. Asardagi asosiy ijobiy qahramonlardan biri bo‘lgan go‘zal va xushovoz, sodda va huquqsiz Zebi timsoli fikrimizni dalillaydi. Muallif Zebi taqdirida, Razzoq so‘fi va Qurbonbibi taqdirida butun bir xalqning davrga xos fojeali hayotini yaqqol ko‘rsatib berad

