Aksariyat yozuvchilar hayot haqiqatlarini aytishda ramziylikdan
foydalanadilar. Bulgakovning mazkur asarini o'qirkanmiz, sho'ro ja-
miyatining kirdikorlari fantastika tarzida fosh etilganiga guvoh bo'la-
miz. Olim Preobrajenskiy itga odam miyasini ko'chirib o'tkazadi va jo-
nivor Sharikov deb nom qo'yilgan odamsifat maxluqqa - ongli, ammo
ityurak bir mavjudotga aylanadi. O'sha davrda bu obrazni aslida bol-
sheviklar «dohiy»sining timsoli, deb baholashgan. Hozirgi zamonda
esa «ilm-fan yutuqlari»ning - sun'iy urchitish yo'li bilan turli jonivor-
lar, va hattoki inson klonini yaratishga urinishlarning oqibatida yuza-
ga keladigan halokat - har xil zombi-yu manqurtlar, mutantlar paydo
bo'lishi mumkinligi anglashiladi.
Asarni dastlabki mutolaada tushunmaslik va Bulgakov maqsadi-
ga yetib bormaslik tabiiy. Kitobni qayta qo'limizga olarkanmiz, undagi
ba'zi obrazlarni atrofimizda ko'ramiz. Kim edig-u, kim bo'ldik yoki kim
bo'lamiz - hech bo'lmaganda o'zimizni taftish qilish payti keldi...

