Britaniyalik jurnalist va tarixchi Adrian Vuldrijning “Iste’dod aristokratiyasi” kitobida har bir lavozimga munosib inson tayinlanishi qanchalik muhimligi haqida so‘z boradi.
Muallif meritokratiya insonning boyligi yoki kelib chiqishiga emas, bilimi, qobiliyati va salohiyatiga qarab baholanishi tamoyilining shakllanish tarixi va bugungi ahamiyatini tahlil qiladi.
Kitobda plutokratiyadan meritokratiyaga o‘tish jarayoni, G‘arb va qadimgi Xitoyda iqtidorli insonlarni saralash uchun joriy etilgan imtihon tizimlari, shuningdek, meritokratiyaning zamonaviy jamiyatdagi imkoniyatlari va muammolari haqida so‘z boradi.
Muallif bu boshqaruv tamoyilini faqat ijobiy tomondan yoritmaydi, uning ziddiyatlari va tanqidiy jihatlariga ham e’tibor qaratadi.
Agar jamiyatda muvaffaqiyat, adolatli tanlov va munosib kadrlarni tanlash masalalari sizni qiziqtirsa, ushbu kitob mutolaasiga arziydi.

