«Hayot-mamot pallasi» (Zeit zu leben und Zeit zu sterben, 1954) ro-
mani Ikkinchi jahon urushi manzaralarini va inson taqdirini o'ta kuchli
dramatik tarzda ochib bergan romanlaridan biridir. Asar qahramoni -
Ernst Greber, frontdagi olmon askari. U urushning shiddatli yillarida,
bir muddatga frontdan ta'tilga yuboriladi va tug'ilgan shahriga qaytib
keladi. Ammo u tinch va go'zal shaharni emas, balki bombardimonlar-
dan vayrona bo'lgan, odamlar qiyin ahvolda yashayatgan manzaralarni
ko'rib chuqur iztirobga tushadi. Ernst o'z uyini topa olmaydi, ota-ona-
sining ahvolidan bexabar qoladi. U shu yerda Elizabet nomli qiz bilan
tanishadi va qisqa fursatda samimiy munosabat o'rnatadi, hatto tur-
mush qurishga ulguradi. Ammo bu baxtli damlar uzoqqa cho'zilmaydi.
U yana frontga qaytishga majbur bo'ladi. Frontda esa uning taqdiri fojia
bilan yakun topadi.

