Anastasiya Sokolova-Buallening ushbu asari Fransiya haqida shunchaki ma’lumot beruvchi bir kitob emas. Bu - farang yurtining o‘tmishi va buguni, xalqining qalbi, jamiyatining yashirin qonun-qoidalari haqida ichkaridan aytilgan ro‘yirost hikoya. Bu kitob o‘quvchini Fransiyaga sayyoh sifatida emas, balki mehmon sifatida olib kiradi.
Muallif hamrohligida siz:
✦ qadimiy qal’alar va zamonaviy shaharlar bo‘ylab sayr qilasiz;
✦ asilzodalar va san’atkorlar hayotiga nazar tashlaysiz;
✦ ibodatlar, to‘ylar va oilaviy marosimlarda qatnashasiz;
✦ fransuz uylariga ichkaridan mo‘ralaysiz;
✦ ta’lim, sog‘liqni saqlash, ish va jamoadagi munosabatlarni o‘rganasiz;
✦ kundalik ovqatlanish madaniyati, taomga munosabat va stol atrofidagi ijtimoiy qoidalarni anglaysiz.

