Ответ продавца
Assalomu alaykum, Aziza!
Do'konimizga ishonch bildirib, yuqori baho qoldirganingiz uchun chin dildan rahmat. Biz uchun mijozlarimizning shunday rozi bo'lib qoldirgan fikrlaridan ko'ra kattaroq quvonch yo'q.
Yangi "Monster" velosipedingiz shunchaki ulov emas, kundalik yumushlaringizda eng ishonchli dastyoringizga aylansin. Katta batareyasi uzog'ingizni yaqin, og'iringizni yengil qilishga xizmat qilsin. Yo'llarda sizga umuman pand bermasin.
Faqat yaxshi kunlarda, sog'-salomatlikda haydash nasib etsin. Yo'llarda doim o'zingizni ehtiyot qiling. "MOTO OLAM" do'koni har doim xizmatingizda!