Анонимный отзыв30 апреля 2025 г.
ДостоинстваSifatli, oʻrnatish oson va juda sodda, koʻrinishi hamma xona dizayniga va konditsionerga tushadi.
Недостаткиkamchilik yoʻq butlovchi qismlari joyida
КомментарийUzum marketdan konditsioner uchun deflektor buyurtma qildim va natijadan juda mamnunman. Mahsulot sifatli, oʻrnatish oson boʻldi. Havo toʻgʻridan-toʻgʻri yuzimga urmaydi, bu ayniqsa tunda juda qulay. Oldin konditsionerni yoqqanimda sovuq shamol toʻgʻri menga kelib, noqulaylik tugʻdirardi, hozir esa deflektor yordamida havoni yumshoqroq va teng taqsimlab beryapti. Shunchaki oddiy koʻringan moslama xonadagi qulaylik darajasini sezilarli oshirdi.
Ответ продавца
Assalomu aleykum, hurmatli mijoz, yuqori bahoingiz uchun rahmat! Bizning mahsulotimizni tanlaganingizdan juda xursandmiz. Doimo sizni xushnud etishga harakat qilamiz. Do'konimizga qayta tashrif buyurishingizni kutib qolamiz!