ДостоинстваMahsulotning yaroqlilik muddati joyida (eski emas) va narxi ham juda qulay. Eng asosiysi — butun O‘zbekiston bo‘yicha qidirib topolmagan mahsulotimni aynan Uzum Marketdan topganim bo'ldi.
НедостаткиMahsulotning o‘zida hech qanday kamchilik yo‘q. Faqat sotuvda juda tez tugab qoladi.
КомментарийNestle PreNAN kashasini hammaga tavsiya qilaman, sifati juda yaxshi. Bu kashani dorixona va do‘konlardan deyarli topolmay xunob bo‘lgandim, Uzum Marketdan topganimdan juda xursandman. Narxi ham ancha insof bilan qo‘yilgan, muddati o'tmagan, qadog'i ham butun keldi. Faqat sotuvchilardan bitta iltimos: mahsulot juda tez sotilib ketib, omborda qolmayapti. Shuni inobatga olib, iloji boricha tez-tez va ko‘proq olib kelib turishlaringizni so‘rab qolaman. Xaridimdan to‘liq mamnunman !!!
Uzum market va sotuvchilariga raxmat kattakon😊.
Ответ продавца
Assalomu alaykum!
Yuqori bahoyingiz va samimiy fikrlaringiz uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. Xaridingizdan mamnun qolganingizni bilish biz uchun juda quvonarli. O‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashganingiz uchun rahmat. Sizga yoqimli xaridlar tilaymiz va sizni yana ko‘rishdan doimo mamnun bo‘lamiz!