• Глюкозамин
• хондроитин
• при артрозе
• Остеохондроз
• добавки для пожилых
• добавки для сопртсменов
• хондропротектор
• при болях в суставах
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
ARTRA ELASTIK
Chiqarilish shakli:
Ichga qabul qilish uchun tabletka.
1 tabletka tarkibi:
Faol komponentlar:
Yordamchi moddalar:
Kraxmal, talk, magniy stearat.
Glyukozamin – sinovial suyuqlikdagi proteoglikanlar va gialuron kislotasining sintezini rag‘batlantiradi; bo‘g‘im kapsulasining o‘tkazuvchanligini oshiradi, sinovial membrana va bo‘g‘im to‘qimalarida fermentativ jarayonlarni tiklaydi. Suyak to‘qimalarida kaltsiyning normal so‘rilishini osonlashtiradi.
Xondroitin natriy sulfat – boylam va tog‘ay to‘qimalarining hamda sinovial suyuqlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Gialuronat, proteoglikanlar va II tur kollagen hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, sinovial suyuqlikning quyuqligini qo‘llab-quvvatlaydi, tog‘ayni tiklash mexanizmlarini rag‘batlantiradi va tog‘ayni yemiruvchi fermentlar (elastaza, gialuronidaza) faolligini kamaytirishda ishtirok etadi.
Kollagen II turi – oson hazm bo‘ladigan kollagen hisoblanadi. Tog‘ay to‘qimalari, skelet, boylamlar va tishlarning shakllanishida qatnashadi; yangi hujayralarning tiklanishi va o‘sishini rag‘batlantiradi, ularning membranalarini mustahkamlaydi; terining elastikligi va mustahkamligini tiklaydi.
ARTRA ELASTIK quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
Kattalar va 18 yoshdan katta bolalarga:
Qabul qilish kursi: 3 oy. Mutaxassis tavsiyasiga binoan takroriy kurslar o‘tkazilishi mumkin.
Engil allergik reaksiyalar va dispeptik o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Agar bu hodisalar yoki noodatiy hislar paydo bo‘lsa, qabul qilishni to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.
Preparatni faqat tavsiya etilgan dozada qabul qilish kerak. Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Quruq va qorong‘i joyda, asl qadoqda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Saqlash muddati: 3 yil.
Biologik faol qo‘shimcha.
Ishlab chiqaruvchi: ALG İlaç Sanayi Tic. Ltd. / ISTANBUL / Türkiye

