ДостоинстваErkaklarga xos kuchli va yoqimli hid, sitrus va iliq ambra notalari juda yaxshi uyg‘unlashgan. Hidi zamonaviy, o‘ziga xos va xarakterli. Kundalik foydalanish, ish, uchrashuv va kechki payt uchun mos. 100 ml hajmi qulay, uzoq vaqt foydalanish mumkin. Ayniqsa arab atirlarining o‘ziga xos va boy hidlarini yoqtiradigan erkaklar uchun yaxshi tanlov.
КомментарийAtirni olib ishlatib ko‘rdim, hidi menga yoqdi. Avvaliga sitrus va yangi hidlar seziladi, keyin esa asta-sekin iliqroq va erkaklarga xos hid ochiladi. Zanjabil va dolchin notalari ham o‘ziga xoslik berib turadi. Juda oddiy hid emas, sepilgandan keyin o‘ziga yarasha xarakteri bor. Bir necha soat davomida hidi sezilib turdi, kiyimda esa yanada uzoqroq saqlanib qoldi. Menga eng yoqqani — hidi juda og‘ir emas, lekin shu bilan birga o‘zini yaxshi his qildiradi. 100 ml hajmi ham yaxshi. Umuman, erkaklar uchun yaxshi va o‘ziga xos atir izlayotganlarga tavsiya qilaman.