Анонимный отзыв19 сентября
Цвет: Шоколадный
ДостоинстваBir necha kundan beri ishlatyapman, hozircha juda yoqdi. Sichqoncha qo‘lda qulay turadi, og‘irligi ham yaxshi, uzoq ishlatganda qo‘lni charchatmaydi.
Men asosan kun davomida ish uchun, kechqurun esa 2-3 soat o‘yin o‘ynaganda ishlatyapman. Oldingi sichqonchamda uzoq o‘tirgandan keyin bilagim charchardi, bunda esa hozircha bunaqa noqulaylik sezmadim. Ayniqsa tez harakat qilish kerak bo‘ladigan o‘yinlarda sichqoncha yengil va boshqarish oson ekan.
Sensor juda aniq ishlaydi, kursor silliq yuradi. O‘yinlarda ham kechikish sezmadim, ayniqsa simsiz rejimda ishlashi yoqdi. NearLink, Bluetooth va simli ulanish borligi juda qulay, kerakli qurilmaga tez ulash mumkin. Men kompyuterda simsiz rejimdan, noutbukda esa Bluetooth’dan foydalanyapman, qurilmalar orasida almashish ancha qulay bo‘ldi.
800 mAh batareyasi ham yaxshi plus, tez-tez zaryad qilishga to‘g‘ri kelmaydi. Tugmalari yoqimli bosiladi, scroll ham sifatli. Korpus yig‘ilishi yaxshi, hech qayeri g‘ichirlamaydi.
Narxiga yarasha juda yaxshi sichqoncha ekan. Ish uchun ham, o‘yin uchun ham bemalol ishlatsa bo‘ladi. Xariddan mamnunman, tavsiya qilaman.
НедостаткиYoq
КомментарийAlbatta tavsiya qilaman
Ответ продавца
Batafsil va samimiy fikringiz uchun katta rahmat! 🙏 Sichqonchani uzoq vaqt ishlatganda ham qulay bo‘lgani, o‘yinlarda va kundalik foydalanishda yaxshi natija berganidan xursandmiz. Tajribangizni shunchalik batafsil yozib, rasmlar ham qoldirganingiz uchun alohida rahmat! ❤️