Цвет: Аметистовый
ДостоинстваQaychi va arraning kesish kuchli zoʻr agar ular maqsad qilingan holatlarda ishlatsangiz. Batareyka quvvati yaxshi. Albatta u toʻxtovsiz uzoq vaqt ishlab bermaydi, lekin bogʻdagi daraxtlarning har biridan bir nechtadan shox kesib ishlasangiz, ikkita batareyka sizga qoniqarli vaqt ishlab beradi.
НедостаткиBatareykaning uskunalarga va uzaytirgich tayoqqa tushishi boʻsh, plastik qismlar yuqori aniqlikda quyilmagan, lekin tushib ketmaydi. Quvvatlagich biroz torroq, batareykani qattiqroq yitarib tushirish kerak. Arra zanjir himoyalagichi ikki yon tomonga qimirlaydi, shu sababli zanjir uni ishdan chiqaradi, lekin bu muammoni ozgina qoʻlbola mehnat bilan bartaraf qilsa boʻladi. Yoʻriqnoma juda qisqa, haddan tashqari kam ma'lumot berilgan.
КомментарийBu uskuna narxiga arziydi, uni maslahat beraman. Agar uskunalar kuchi chegarasini bilib ishlatsangiz, yaxshi xizmat qilib beradigandek tasurot qoldirdi menda. Agar bosmasdan ishlatsangiz, arra siz kutgandan ham katta (hoʻl) shoxlarni kesa oladi